Главная » 2022 » Октябрь » 1 » Samarqandda qarindoshi bilan to‘yga borib yo‘qolib qolgan bolaning jasadi topildi
18:50

Samarqandda qarindoshi bilan to‘yga borib yo‘qolib qolgan bolaning jasadi topildi


Samarqand viloyatining Urgut tumanida 4 yoshli bola quduq ichiga tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning  26-sentyabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumani prokuraturasiga ushbu tumanda yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 25-sentyabr kuni soat 16:00 larda Urgut tumanining “Beshkapa” MFY hududida joylashgan to‘yxonaga 2018-yilda tug‘ilgan nabirasi bilan borganligini va biroz vaqtdan so‘ng qizcha yo‘qolib qolganini bayon qilib, uni topishda amaliy yordam so‘ragan.

Shundan so‘ng, ushbu arizaga asosan, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari, jamoatchilik vakillari va OAV ishtirokida keng ko‘lamli qidiruv tadbirlari amalga oshirilgan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida 30-sentabr kuni mazkur mahalladagi, o‘sha to‘yxona atrofida bo‘lgan ichimlik suvi qazib olishga mo‘ljallangan 8 metrli quduq ichidan bolaning jasadi topilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bilan, Bolaning, yo‘qolib, jasadi, Samarqandda, topildi, To‘yga, qarindoshi, qolgan, borib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя