Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » Turkiya politsiyasi Istanbulda bomba tashlagan shaxsni qo‘lga oldi
10:38

Turkiya politsiyasi Istanbulda bomba tashlagan shaxsni qo‘lga oldi


Turkiya politsiyasi yakshanba kuni Istanbulning Beyog‘lu tumanidagi Istiqlol ko‘chasida bomba portlatgani taxmin qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi.

Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

”Beyo‘g‘luda bomba qoldirgan shaxs Istanbul xavfsizlik boshqarmasi tomonidan qo‘lga olindi. U so‘roq qilinmoqda”, - dedi u.

Bundan tashqari Soylu terror hujumi izlari Suriyaga olib borilayotgani va Anqara tomonidan terrorchi deb tan olingan guruhlarning bunga aloqadorligini ko‘rsatuvchi dalillar borligini aytdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumga aloqador bo‘lgan 20 dan ortiq kishi qo‘lga olingan.

“Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, hujumni amalga oshirish buyrug‘i Kobanidan, hujumchi esa Afrindan kelgan”, — dedi vazir.

Kobani va Afrin Suriya shimolidagi Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK) va Suriya kurdlarining mudofaa kuchlari (HXP) faoliyati bilan mashhur boʻlgan va respublikada taqiqlangan shaharlardir.

Vazirning ta’kidlashicha, portlashdadi topilmalar PKK/HXPga ishora qilmoqda.
Istanbul gubernatori Ali Yerlikayaning ma’lum qilishicha, ayni damda 50 nafar jabrlanuvchi davolanib, shifoxonalardan chiqarilgan, 31 kishi hamon shifokorlar nazoratida.
Hujum oqibatida jami 81 kishi jarohatlangan.

Ma’lumot uchun, Yakshanba kuni Istanbulning Beyog‘lu tumanidagi “Istiqlol ko‘chasi” piyodalar ko‘chasida mahalliy vaqt bilan taxminan 16:20 da kuchli portlash sodir bo‘lgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: oldi, Bomba, qo‘lga, tashlagan, Politsiyasi, Turkiya, shaxsni, Istanbulda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя