Главная » 2023 » Май » 18 » Qilichdoro‘g‘li prezident bo‘lsa, Turkiyadan muhojirlarni haydab chiqarishini ma’lum qildi
19:37

Qilichdoro‘g‘li prezident bo‘lsa, Turkiyadan muhojirlarni haydab chiqarishini ma’lum qildi


Turkiya prezidentligi uchun amaldagi davlat rahbarining asosiy raqibi va muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li bugun, 18 may kuni agar prezidentlikka saylansa, mamlakatdagi barcha muhojirlarni chiqarib yuborishini aytdi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Qilichdoro‘g‘li Anqarada o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada ayni vaqtda 10 millionga yaqin qochqin bor.

“Agar ular qolsa, Turkiyaga 10 milliondan ortiq yangi muhojirlar keladi. Agar ular qolsa, dollar kursi 30 liraga ko‘tariladi (hozir 19,7 lira)”, deydi Qilichdoro‘g‘li.

Ma’lumot uchun Turkiyada amalga oshirilgan noan’anaviy iqtisodiy siyosat oqibatida 2022 yilning o‘zida mamlakat milliy valyutasi 72,3 foizga qadrsizlandi. Vaholanki, undan bir yil avval inflyatsiya darajasi 19,6 foiz edi. Iqtisodchilar 2023 yilda Turk lirasi yana 50,58 foizga qadrsizlanishini prognoz qilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 14 may kuni Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazildi. Birinchi tur yakunlari bo‘yicha Erdo‘g‘an 49,51%, Qilichdoro‘g‘li 44,88% ovoz to‘pladi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzodga 50 foizdan ortiq ovoz kerak edi, shuning uchun 28 may kuni saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda boshqa bir nomzod Sinan Og‘an ham muxolifatni qo‘llashini ma’lum qilgan. Bu esa Qilichdoro‘g‘lining imkoniyatlarini oshirib yuboradi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: muhojirlarni, Turkiya, ma’lum, prezident, bo‘lsa, Qilichdoro‘g‘li, haydab, qildi, chiqarishini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя