Главная » 2022 » Август » 24 » DXX $2 mlndan ortiq valyutani xorijga olib chiqib ketayotgan guruhni qo‘lga oldi
10:46

DXX $2 mlndan ortiq valyutani xorijga olib chiqib ketayotgan guruhni qo‘lga oldi


Namangan viloyatida 2 mln dollardan ortiq valyutani Qirg‘izistonga olib chiqib ketayotgan noqonuniy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashovchi, 1985 va 1992 yillarda tug‘ilgan aka-uka Lacetti rusumli avtomashinada o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatilgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda uning orqa o‘rindig‘i pastki qismida bir dona polietilen paketda 205 600 AQSH dollari, sintetik qopda esa 836 300 AQSH dollari, shuningdek, boshqa bir sintetik qopda 800 000 AQSH dollari, jami 1 841 900 AQSH dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur chet el valyuta qimmatliklarini yetkazib berayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir davom ettirilib, Kosonsoy tumanida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi 1989 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan. Uning Malibu rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, salon qismida 167 100 AQSH dollari borligi aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 2 mln 9 ming AQSH dollarining noqonuniy ravishda mamlakatimizdan olib chiqib ketilishiga chek kuyilgan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qo‘lga, $2, guruhni, DXX, ortiq, ketayotgan, valyutani, Xorijga, olib, oldi, mlndan, chiqib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя