Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » Toshkentda tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi
18:44

Toshkentda tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi


Toshkent shahar Chilonzor tumanida tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida, fuqaro A.Ch. “F.B.” MChJ rahbari A.K.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Do‘mbirobod” MFY hududida qurilayotgan ko‘p qavatli savdo kompleksi oldida joylashgan umumiy maydoni 428,4 m2 bo‘lgan avtoturargohda ushbu MChJ tomonidan zamonaviy ko‘rinishdagi savdo shoxobchalarini qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning 35 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, A.Ch. o‘z ixtiyori bilan 35 000 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qo‘lga, Firibgar, AQSH, dollarini, tadbirkorning, kiritgan, aniqlandi, Toshkentda, 35 000 | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя