Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » Fargʻonada 210 mln so‘mlik chorva mollarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan firibgarlar aniqlandi
18:48

Fargʻonada 210 mln so‘mlik chorva mollarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan firibgarlar aniqlandi


2022-yilning avgust oyida Fargʻona shahrida J.U va E.Sh.lar bir guruh boʻlib, Sh.B.ning ishonchiga kirib, oʻzlarini chorva mollari ulgurji savdosi bilan shugʻullanishini aytib, pullarini uch oy muddat ichida berishini aytib, jami narxi 210.000.000 soʻmlik 28 bosh chorva mollarini olib ketib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan mollarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni S.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgar 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 210, aniqlandi, Fargʻonada, mollarni, chorva, qoʻlga, aldov, so‘mlik, mln, yoʻli, kiritgan, firibgarlar, bilan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz