Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » Toshkentda metro bekatlaridan biri vaqtinchalik yopiladi
16:08

Toshkentda metro bekatlaridan biri vaqtinchalik yopiladi


Toshkentda metro bekatlaridan biri 21-noyabrdan 6-dekabrga qadar yopiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 387-F sonli farmoyishi talablarini bajarilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan “Qo‘yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishi 6 va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 7-bekat 2022-yil 21-noyabr kunidan 6-dekabr kuniga qadar o‘z yo‘lovchilariga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi.

 “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati “Do‘stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”– deyiladi xabarda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yopiladi, Metro, vaqtinchalik, biri, Toshkentda, bekatlaridan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя