Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » Toshkentda behuda yonayotgan chiroqlarni o‘chirish boshlandi
12:35

Toshkentda behuda yonayotgan chiroqlarni o‘chirish boshlandi


Poytaxt Toshkentda tungi soatlarda behuda yonib turgan va elektr energiyasini ortiqsa sarf qilayotgan chiroqlar, shuningdek, reklama vositalari, brend yozuvlar lamlarini o‘chirish bo‘yicha reyd tadbirlari boshlandi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ maʼlum qildi. 

Qayd etilishicha,  joriy yilning 31 oktabr kuni davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda tejash bo‘yicha bir qator vazifalarni belgilab berilgan. 

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ham Toshkent shahrida elektr energiyasi sarfini 10 foizga tejash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. 

Bunga ko‘ra, jamiyat tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarni elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanishlarini taʼminlash maqsadida joylarda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari va kechki reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Energetika vaziri o‘rinbosari elektr energiyasini isrof qilish to‘xtatilmasa, masʼul tashkilotlar uzluksiz elektr ehtiyojni qoplay olmasligini maʼlum qilgandi.

"Qachonki, biz isrof qilishni to‘xtatmas ekanmiz, ishlab chiqarishni oshirish evaziga talabni, to‘liq ehtiyojni hech qachon qoplay olmaymiz. Iqtisod qilishni o‘rganishimiz kerak. Faqat Energetika vazirligi yoki hukumat darajasida hal etiladigan masala emas. Bu – umummilliy g‘oyaga aylanishi kerak va bu borada sizlardan yordam so‘raymiz", degan edi Energetika vaziri o‘rinbosari.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: boshlandi, chiroqlarni, behuda, Toshkentda, yonayotgan, o‘chirish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя