Главная » 2022 » Ноябрь » 14 » O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatildi
10:46

O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatildi


O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyani yetkazib berishni vaqtinchalik to‘xtatdi.

Bu haqda “Hasht-e Subh Daily” xabar berdi.

Keltirilishicha, Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) elektr kompaniyasi O‘zbekistondan mamlakatga yetkazib beriladigan elektr energiyasi texnik nosozlik tufayli uzilganini ma’lum qilgan.

“Breshna” kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, muammo ikki kun ichida hal qilinishi kutilmoqda.
Hozirda Kobulning ayrim viloyat va tumanlaridagi aholi vakillari elektr energiyasisiz yashamoqda.

“Elektrga bo‘lgan talabni kamaytirish uchun Turkmaniston elektr energiyasi Kobulga yetkazib beruvchi elektr zanjiriga ulanadi.

Mahalliy elektr energiyasidan foydalanish esa davom etadi”, — deydi “Breshna” kompaniyasi matbuot kotibi Kamtulloh Mayvand.

Afg‘onistondagi 13 viloyat, jumladan, Kobulda elektr energiyasi O‘zbekistondan import qilinishi hisobiga ta’minlanadi. Mamlakat shuningdek elektr energiyasini Eron, Turkmaniston va Tojikistondan ham import qiladi.

Avgust oyida O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘onistonning 2021-yil uchun yetkazib berilgan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud emasligini e’lon qilgandi. U bundan tashqari 2022-yilda ham to‘lovlar amalga oshirilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Ma’lumot uchun, 2002-yildan buyon O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘xtatildi, berish, energiyasini, yetkazib, O‘zbekistondan, elektr, vaqtinchalik, Afg‘onistonga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя