Главная » 2017 » Август » 25 » Toshkent viloyatida hafta davomida 92 ta jinoyat fosh etildi
10:52

Toshkent viloyatida hafta davomida 92 ta jinoyat fosh etildi


Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan keng ko‘lamli profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi UzA.

Joriy yil 17 avgustdan 24 avgustga qadar badanga og‘ir shikast yetkazish, nomusga tegish, bezorilik, o‘g‘irlik va firibgarlik kabi qayd etilgan 107 jinoyatning 92 tasi tezkor-tergov harakatlari natijasida fosh etildi. Qidiruvda yurgan 27 nafar shaxs ushlandi.

Olmaliq shahrida noma’lum shaxs tomonidan uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, jabrlanuvchining 20 million 350 ming so‘m puli va umumiy narxi taxminan 1 million 800 ming so‘m bo‘lgan tilla buyumlari o‘g‘irlangani fosh etildi. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida jinoyatchi Angren shahrida yashovchi fuqaro ekani aniqlanib, tezda ushlandi. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Quyi Chirchiq tumanida firibgarlik yo‘li bilan odamlar ishonchini suiiste’mol qilib, “tez orada pulini beraman”, deb aldab, umumiy narxi taxminan 9 million 500 ming so‘m bo‘lgan 5 bosh qora mol olib, pulini shu kunga qadar qaytarib bermagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2017 yilning fevral oyida ichki ishlar podpolkovnigi kiyimida firibgarlik yo‘li bilan Zangiota tumanida yashovchi nafaqaxo‘r onaxonning umumiy narxi taxminan 15 million so‘m bo‘lgan tilla buyumlarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan shaxs ham ushlandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishi olib borilmokda.

Profilaktika inspektorlari joylarda yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish maqsadida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni ushlash bo‘yicha jamoatchilik bilan hamkorlik qilmoqda. Har bir mahalla hududida ichki ishlar xodimlari ish samaradorligini yanada oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish, jamiyatda qonun ustuvorligi va adolatni qaror toptirish, joylarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, 92 ta jinoyat, davomida, hafta, fosh etildi, viloyatida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя