Главная » 2022 » Август » 4 » Toshkent viloyatida gaz taʼminoti xodimi pora bilan ushlandi
10:56

Toshkent viloyatida gaz taʼminoti xodimi pora bilan ushlandi


Toshkent viloyatining Toshkent tumanida “Toshkenttumangaz” servis xizmati xodimi 700 dollar va 300 ming soʼm pora olayotganda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʼlga olindi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” АJ Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning iyulь oyida “Nanila Farm” MChJ rahbari D.H.dan yangi gaz hisoblash uskunasini oʼrnatishda koʼmak berishini va 13 mln soʼm miqdoridagi qarzdorlikni yopib berishini soʼragan.

U oʼz navbatida MChJ rahbari “Toshkenttumangaz” gaz taʼminoti boʼlimi boshligʼi Ilhom Yoqubovga yordam soʼrab murojaat qilgan, ammo undan rad javobini olgan.

D.H. esa tadbirkorning takroriy qoʼngʼiroq va iltimoslaridan soʼng masalani hal qilishda koʼmaklashishga qaror qilgan va mukofot sifatida 8 mln soʼm soʼragan. Tuman oshxonalaridan birida kelishilgan summani olayotgan vaqtda, u huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qoʼlga olingan.

Vaziyatni oʼrganish davomida aniqlanishicha, “Nanila Farm” MChJ tabiiy gazdan qarzdorligi uchun gaz taʼminoti tarmogʼidan uzib qoʼyilgan. Bugungi kunda, oʼziga yuklatilgan vazifaga lozim darajada yondashmagani va beparvo munosabatda boʼlgani uchun “Toshkenttumangaz” boshligʼi Ilhom Yoqubov bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, xodimi, bilan, viloyatida, Pora, taʼminoti, ushlandi, GAZ | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя