12:50 “Oltin to‘p” uchun taxminiy nomzodlar reytingi e’lon qilindi. Ronaldu beshtalikda ham yo‘q | |
Angliyaning mashhur “Goal.com” internet portali o‘z talqiniga ko‘ra, “Oltin to‘p” uchun kurashda TOP-10 asosiy da’vogarlar reytingini e’lon qildi. E’tiborlisi, 5 karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu reytingda o‘ninchi o‘rinda qayd etilgan. Ro‘yxat quyidagicha ko‘rinish olgan: 1. Ngolo Kante (“Chelsi”, Fransiya) — YeCHL chempioni, Premer-Ligada 4-o‘rin, Chempionlar Ligasida “Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi”. 2. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya) — Fransiya chempionati kumush medali sohibi, Liga-1 da mavsum to‘purari. 3. Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha) — Bundesliga chempioni, Germaniyada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” hamda 41 ta gol bilan Germaniya va Yevropada “Mavsum to‘purari”. 4. Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”, Belgiya) — Premer-Liga chempioni hamda Angliya Liga Kubogi g‘olibi. 5. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina) — Ispaniya chempionatida “Mavsum to‘purari”. 6. Ruben Diash (“Manchester Siti”, Portugaliya) — Premer-Liga chempioni hamda Angliya Liga Kubogi g‘olibi. Premer-Ligada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi”, PFA hamda Angliya jurnalistlari talqiniga ko‘ra, Angliyada “Yil futbolchisi”. 7. Romelu Lukaku (“Inter”, Belgiya) — Italiya A Seriyasi chempioni. 8. Karim Benzema (“Real Madrid”, Fransiya) — Ispaniya La Ligasi kumush medali sohibi, La Ligada “Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi”. 9. Fil Foden (“Manchester Siti”, Angliya) — Premer-Liga chempioni hamda Angliya Liga Kubogi g‘olibi. Premer-Ligada “Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi”. 10. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya) — A Seriyada to‘rtinchi o‘rin hamda “Mavsum to‘purari”. Ketma-ket ikkinchi mavsum Italiyada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi”. Ma’lumot uchun, ushbu ro‘yxatdagi futbolchilarining barchasi (Messidan tashqari) o‘z terma jamoasida Yevro-2020 da o‘ynaydi. Messi esa “Kopa Amerika” turnirida qatnashadi. Shu sababli, bu reyting turnirlar yakunlangach, qayta yangilanadi. Sovrin 2021 yilning sentyabr oyida o‘z egasiga topshiriladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|