Главная » 2022 » Октябрь » 28 » O‘zbekistonning qaysi hududida maoshlar eng yuqori?
14:55

O‘zbekistonning qaysi hududida maoshlar eng yuqori?


Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston hududlari kesimida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi bo‘yicha Toshkent va Navoiy yetakchilik qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida keltirilgan.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (26 mln 905,4 ming so‘m) hamda Navoiy (20 mln 148,6 ming so‘m), Buxoro (15 mln 511,7 ming so‘m), Xorazm (14 mln 193,8 ming so‘m) va Toshkent (13 mln 284,3 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatilgan.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida, aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng quyi ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9mln 347,8 ming so‘m), Farg‘ona (9 mln 720,7 ming so‘m), Namangan (10 mln 87,7 ming so‘m), Jizzax (10 mln 575,1 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi.

2022 yilning yanvar-sentabr holatiga hamda 2021 yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 108,4 foizni tashkil etgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yuqori, O‘zbekistonning, eng, Qaysi, hududida, maoshlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя