Главная » 2022 » Август » 12 » Yigitlar qaysi hududda eng ko‘p o‘zidan katta ayollarga uylanyapti?
16:51

Yigitlar qaysi hududda eng ko‘p o‘zidan katta ayollarga uylanyapti?


2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston bo‘yicha 5 501 ta qayd etilgan nikohlarda kelinning yoshi kuyovnikiga nisbatan katta bo‘lgan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelyapti. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlum qildi. 

Bu holat hududlar kesimida quyidagicha:

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 508 ta;
•  Andijon viloyati – 201 ta;
•  Buxoro viloyati – 568 ta;
•  Jizzax viloyati – 163 ta;
•  Qashqadaryo viloyati – 478 ta;
•  Navoiy viloyati – 192 ta;
•  Namangan viloyati – 212 ta;
•  Samarqand viloyati – 502 ta;
•  Surxondaryo viloyati – 478 ta;
•  Sirdaryo viloyati – 143 ta;
•  Toshkent viloyati – 468 ta;
•  Farg‘ona viloyati – 306 ta;
•  Xorazm viloyati – 549 ta;
•  Toshkent shahri – 733 ta.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida respublika bo‘yicha jami 24 195 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Eng ko‘p nikoh qayd etilgan hudud esa Farg‘ona bo‘lgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: hududda, uylanyapti?, Yigitlar, Qaysi, ayollarga, katta, ko‘p, eng, o‘zidan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя