Главная » 2023 » Май » 8 » Dunyoning eng boy va kambag‘al davlatlari: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
16:33

Dunyoning eng boy va kambag‘al davlatlari: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?


Amerikaning “Global Finance Magazine” nashri dunyoning eng boy davlatlari reytingini tuzib, unga 185 ta davlatni kiritdi. Mazkur reytingda Markaziy Osiyoning besh davlati ham mavjud bo‘lib, O‘zbekiston unda Qozog‘iston va Turkmanistondan keyingi o‘rinda joylashgan. Bu haqda “Forbes.kz” xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, ro‘yxat Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. Unda aholi jon boshiga sotib olish qobiliyati pariteti (tengligi) hisobga olingan. Shuningdek, yashashning nisbiy qiymati va mamlakatlardagi inflyatsiya darajasi inobatga olingan.

Qozog‘iston bu reytingda 50-o‘rinni egallagan. Turkmaniston 77-o‘rin bilan ikkinchi pog‘onada, O‘zbekiston esa nisbatan pastroqda – 127-o‘rinda qayd etilgan. Qirg‘iziston 142-o‘rin va Tojikiston 153-o‘rinda joylashgan.

Qatar dunyoning eng boy davlati deb topilgan. Ikkinchi o‘rinda Lyuksemburg, uchinchi o‘rinda esa Singapur keltirilgan. Eng kambag‘al davlatlar qatorida Malavi, Kongo va Markaziy Afrika Respublikasi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar oyida “Globalfirepower” tomonidan O‘zbekiston armiyasi 145 ta davlat ichida 1.0692 indeks bilan 62-o‘rinda qayd etilgandi. O‘zbekiston mazkur reytingda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan eng yuqori o‘rinni egallagandi. Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari mos ravishda keyingi o‘rinlarni band etgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: O‘zbekiston, va kambag‘al, o‘rinda?, davlatlari, Dunyo, boy, eng, nechanchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя