Главная » 2022 » Июль » 22 » O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud qaysi ekanligi aytildi
19:15

O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud qaysi ekanligi aytildi


2022 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi eng ko‘p hududi Samarqand viloyati, eng kami esa Sirdaryo viloyati hisoblanadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

2022 yilning 1 iyul holatiga hududlarning doimiy aholisi soni:

•  Samarqand viloyati – 4 mln 69,3 ming kishi;
•  Farg‘ona viloyati – 3 mln 931,1 ming kishi;
•  Qashqadaryo viloyati – 3 mln 438,6 ming kishi;
•  Andijon viloyati – 3 mln 283,8 ming kishi;
•  Toshkent viloyati – 2 mln 962,5 ming kishi;
•  Namangan viloyati – 2 mln 959,3 ming kishi;
•  Toshkent shahri – 2 mln 909,5 ming kishi;
•  Surxondaryo viloyati – 2 mln 771,1 ming kishi;
•  Buxoro viloyati – 1 mln 990,4  ming kishi;
•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 mln 962,4 ming kishi;
•  Xorazm viloyati – 1 mln 936,6 ming kishi;
•  Jizzax viloyati – 1 mln 457,7 ming kishi;
•  Navoiy viloyati – 1 mln 044,0 ming kishi;
•  Sirdaryo viloyati – 887,1 ming kishi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha qariyb 1,8 ming kishiga oshmoqda. Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni  35,6 mln kishini tashkil etmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aytildi, aholisi, ko‘p, hudud, Qaysi, ekanligi, eng, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя