Главная » 2016 » Декабрь » 13 » O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxati kengaytirildi
17:08

O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxati kengaytirildi


O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i (pdf) bilan Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi, deya xabar bermoqdaNorma.

Bungacha amalda bo‘lgan Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining ro‘yxati o‘z kuchini yo‘qotdi.

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va dorixonalardan retseptsiz beriladigan dori vositalariga ushbu ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi ta’sir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega bo‘lgan dori vositalari ham kiradi.

Dori vositalarining o‘ramlari, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda berish tartibidan qat’i nazar, ushbu ro‘yxatga amal qilinishi kerak.

Hujjat 5-dekabrdan kuchga kirdi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dori, O‘zbekistonda, retseptsiz beriladigan dori vosital | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя