Главная » 2022 » Декабрь » 3 » Andijonda “uchiruvchi”dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
17:58

Andijonda “uchiruvchi”dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Andijon viloyatida tarkibida giyohvand vositalari, psixotrop moddalar boʻlgan, kuchli taʼsir qiluvchi preparatlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon shahrida tarkibida giyohvand vositalari, psixotrop moddalar boʻlgan, kuchli taʼsir qiluvchi preparatlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida tezkor profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan. Ushbu tadbir davomida Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumanida roʻyxatda turib, Andijon shahrida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan ayol U.X. hamda Xoʻjaobod tumanida roʻyxatda turib, Andijon shahrida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan R.Sh.lar, Andijon shahar Shimoliy kichik daha hududida joylashgan savdo doʻkoni oldida oʻzini shubhali tutib turganligi sababli toʻxtatilgan.

Shundan so‘ng, 2 nafar xolislar ishtirokida yonlari koʻzdan kechirilganida, fuqaro R.Sh.ning qoʻlida boʻlgan qora rangli polietilen paketga joylangan 200 dona “Tropikamid” nomli va 40 dona konvalyutada jami 560 dona “Regapen” nomli dori vositalari borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "Xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: noqonuniy, vositalarining, Andijonda, dori, uchiruvchi, Chek, qo‘yildi, aylanmasiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя