Главная » 2022 » Декабрь » 1 » Bugundan O‘zbekistonda yangi telekanal ish boshladi
18:24

Bugundan O‘zbekistonda yangi telekanal ish boshladi


Bugundan boshlab, faoliyatini yakunagan “Futbol TV” telekanali o‘rnida yangi “FTV” telekanali efirga uzatila boshlandi.

Yangi telekanal nimalarni ko‘rsatadi? Bu savolga telekanal bosh muharriri Ibrohim Ahmedov shunday javob berdi. “Yangi kanal, albatta, turli mavzudagi qiziqarli va kulgili mualliflik dasturlari, mahalliy va xorijiy mashhur ijrochilarning kliplari, madaniy va sport tadbirlari ko‘rsatuvlari, kinofilmlar va ko‘rsatuvlarni namoyish etadi. Tomoshabinni qiziqtirish maqsadida ko‘rsatuvlar formatini zerikarli emas, qiziqarli va mazmunli qilishga harakat qiladigan taniqli va yosh istiqbolli teleboshlovchilar taklif etildi”.

“FTV” telekanali Uzdigital TV platformasi, kabel telestudiyalari va onlayn televideniye platformalarida kechayu kunduz efirga uzatiladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Full HD formatida, respublikaning boshqa hududlarida SD formatida namoyish etiladi. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: O‘zbekistonda, Bugundan, boshladi, Ish, telekanal, Yangi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя