Главная » 2022 » Ноябрь » 4 » O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
10:35

O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 31-oktabr kuni kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3395).

Unga ko‘ra, kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilandi va endilikda O‘zbekistonda elektron yoki savdo obʼekti ko‘rinishida faoliyat yuritish mumkin bo‘ladi.

Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini elektron platforma yoki savdo obʼekti orqali amalga oshiradi.

Qarorga ko‘ra quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

kripto-do‘konning elektron platformasi orqali:

jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;

kripto-do‘konning savdo obʼekti orqali:

jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko‘rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.

Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
O‘zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
anonim kripto-aktivlar hamda o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: faoliyatini, do‘kon, O‘zbekistonda, etish, tashkil, kripto, tartibi, belgilandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя