13:12 Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi | |
Saudiya Arabistonining “Jamjoom Pharma” farmasevtika kompaniyasi O‘zbekiston dori-darmon ishlab chiqarish sanoatiga 52 million dollar sarmoya kiritish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Arab News” nashri xabar bermoqda.
Kompaniya vise-prezidenti Mahmud Jamjumning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot Markaziy Osiyo bozoriga chiqishdan manfaatdor. Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Saudiya-O‘zbekiston biznes-forumida u O‘zbekiston bilan hamkorlik uning uchun mintaqaviy bozorga yo‘l ochishiga umid bildirdi. “Hozir biz dunyoning 30 ta davlatida faoliyat yuritayapmiz. Endi biz ushbu hududga e’tibor qaratmoqdamiz. Biz O‘zbekiston, Afg‘oniston va Turkmanistonni qamrab olishni rejalashtirganmiz. Bu kelishuv biz uchun mintaqaga eshik ochadi”, – deydi Jamjum. Shuningdek kompaniya vise-prezidenti, barcha kerakli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng O‘zbekistonda reklama kampaniyasini (jarayon) boshlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|