Главная » 2023 » Январь » 9 » O‘zbekiston armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida nechanchi o‘rinni oldi?
22:16

O‘zbekiston armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida nechanchi o‘rinni oldi?


Global Firepower'ning 2023 yilgi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida O‘zbekiston 145 ta davlat orasida 62-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston havo kuchlari tarkibidagi samolyotlarning umumiy soni 197 ta: 58 ta qiruvchi samolyot, 20 ta hujumchi samolyot, 13 ta harbiy transport samolyoti, 7 ta o‘quv samolyoti, 99 ta vertolyot va 33 ta harbiy vertolyot. Shuningdek, armiyada 420 ta tank, 197 ta o‘ziyurar artilleriya moslamasi va 143 ta yoppasiga o‘q uzish tizimlari mavjud.

O‘zbekistonda xizmatni o‘tashga yaroqli inson resurslarining umumiy soni 13,5 million kishini tashkil qiladi. Har yili harbiy chaqiruv 622 ming kishiga to‘ldirilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston qurolli kuchlarida 65 ming kishi xizmat qilmoqda.

Reytingda kuchli uchlikni AQSH, Rossiya va Xitoy egalladi.

Qo‘shnilarimiz Qozog‘iston 63-o‘rin, Turkmaniston 82-o‘rin, Qirg‘iziston 107-o‘rin, Afg‘oniston 114-o‘rin, Tojikiston 120-o‘rindan joy oldi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dunyodagi, eng, reytingida, o‘rinni, armiyasi, oldi?, armiyalar, nechanchi, O‘zbekiston, kuchli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя