Главная » 2022 » Ноябрь » 3 » Dunyodagi eng yirik iPhone zavodi koronavirus tufayli yopildi
17:08

Dunyodagi eng yirik iPhone zavodi koronavirus tufayli yopildi


Koronavirus tarqalishi munosabati bilan Xitoy hukumati dunyodagi eng yirik iPhone zavodi joylashgan Chjenchjou aeroportining iqtisodiy zonasini yopdi.

Xitoy hukumati Chjenchjou shahridagi sanoat parkini o‘rab oldi. Bu hududda dunyodagi eng yirik iPhone zavodi joylashgan.

Xenan provinsiyasidagi Chjenchjou aeroportining iqtisodiy zonasi xodimlari, COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha ko‘ngillilar va zarur ishchilardan tashqari barcha odamlar uylarini tark etmasliklari kerak, faqat COVID’ga testdan o‘tish va shoshilinch tibbiy yordam olishlari kerakligi e’lon qilindi.

Hududdagi yirik iPhone zavodiga egalik qiluvchi Tayvanlik texnologiya giganti Foxconn o‘nlab xodimlarning qochib ketganligi sabab shu haftada xodimlariga zavodni tark etishmasa bonuslarini to‘rt barobarga oshirishini aytdi.

Mahalliy hokimiyat vakillari sanoat zonasi aholisi har kuni koronavirus uchun testdan o‘tishlari kerakligini aytdi va har qanday qonunbuzarliklarga qat’iy choralar ko‘rishlari haqida ogohlantirdi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: dunyodagi, tufayli, yopildi, eng, yirik, zavodi, iPhone, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя