Главная » 2022 » Сентябрь » 10 » Dunyoning eng qimmat sport klublari eʼlon qilindi. “Barsa” va “Real” kuchli o‘nlikda emas
19:31

Dunyoning eng qimmat sport klublari eʼlon qilindi. “Barsa” va “Real” kuchli o‘nlikda emas


Amerikancha futbol bo‘yicha Texas shtatining (AQSH) “Dallas Kovboys” klubi dunyodagi eng qimmat jamoasi deb topildi. Kovboylarning umumiy narxi 8 milliardni tashkil qiladi. Bu haqda reytinglar tuzish bo‘yicha yetakchi nashr bo‘lgan “Forbes” jurnali eʼlon qildi.

Qayd etish kerakki, ikkinchi o‘rin ham amerikancha futbol jamoasiga tegishli. Massachusets shtatining “Nyu-Inglend Petriots” klubining narxi 6,4 milliard dollarga teng. Kuchli uchlikka ham amerikancha futbol vakili “Los-Anjeles Rems” yakun yasab bergan. Jamoaning qiymati 6,2 milliardga baholangan.

Dunyoning eng qimmat 10 ta sport jamoasi bilan tanishing:

1. “Dallas Kovboys” (sport turi – amerikancha futbol), (umumiy qiymati – 8 milliard dollar);

2. “Nyu-Inglend Petriots” (amerikancha futbol), (6,4 milliard dollar);

3.  “Los-Anjeles Rems” (amerikancha futbol), (6,4 milliard dollar);

4. “Nyu-York Yankis”  (beysbol), (6 milliard dollar);

5. “Nyu-York Jayents” (amerikancha futbol), (6 milliard dollar);

6. “Nyu-York Niks” (basketbol), (5,8 milliard dollar);

7. “Chikago Bearz” (amerikancha futbol), (5,8 milliard dollar);

8. “Golden Steyt Uorriorz” (basketbol), (5,6 milliard dollar);

9. “Vashington Kommanders” (amerikancha futbol), (5,6 milliard dollar);

10. Los-Anjeles Leykers (basketbol), (5,5 milliard dollar).

Eʼtiborli jihati shundaki, tomoshabopligi tarafdan dunyodagi eng yetakchi sport turi hisoblanadigan futboldan bironta jamoa kuchli o‘nlikdan joy egallay olmagan. Futboldagi eng yaxshi natija Ispaniyaning “Real Madrid” klubiga tegishli bo‘lgan. Madrid klubi 5,1 milliard dollarga baholangan. Bu “los blankos”ga umumiy hisobda 50 ta jamoa kiritilgan reytingning 13-pog‘onasidan joy olishga yordam berdi.

“Real Madrid”ning azaliy raqobatchisi “Barselona” esa 5 milliardlik narx bilan 15-o‘rinni egallagan. Umuman olganda, 50 ta jamoa ichida 8 ta futbol klubi bor, xolos.

“Forbes” reytingiga kirgan 8 ta klub bilan tanishing:

1. “Real Madrid”– 5,1 milliard dollar (umumiy reytingdagi o‘rni 13);

2. “Barselona” – 5 milliard dollar (15);

3. “Manchester Yunayted” – 4,6 milliard dollar (19);

4. “Liverpul” – 4,45 milliard dollar (22);

5. “Bavariya” – 4,28 milliard dollar (23);

6. “Manchester Siti” – 4,25 milliard dollar (24);

7. PSJ – 3,3 milliard dollar (48);

8. “Chelsi” – 3,1 milliard dollar (50).

“Forbes” o‘z reytingiga kiritgan jamoalarning naqd 30 tasi Amerika milliy futbol ligasiga (NFL – The National Football League) tegishli hisoblanadi. Ushbu 30 talikning umumiy qiymati 136,62 milliard dollarni tashkil etgan. Mos ravishda NBA (National Basketball Association) 7 ta jamoa (ularning qiymati 30,60 milliard dollar) va MLB'da (Major League Baseball) 5 ta jamoa (21,28 milliard dollar) kiritilgan.

Futbol ligalari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich Angliya chempionatiga tegishli bo‘lib, Premer liganing 4 ta klubi 16,40 milliard dollarga baholangan. 

Ligalar kesimidagi infografika bilan quyida tanishishingiz mumkin:

Reytingdagi  50 ta jamoadan naqd 42 tasi Amerika Qo‘shma Shtatlari vakili hisoblanadi. AQSH o‘zining eng yaqin taʼqibchisi bo‘lgan Angliyani 38 talik farq bilan ortda qoldirmoqda. Birgina Kaliforniya shtatining o‘zidan 8 ta jamoa joy olgan bo‘lsa, butun boshli Buyuk Britaniyada esa bunday jamoalarning soni 4 tani tashkil etadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: o‘nlikda, qilindi, qimmat, VA, Dunyoning, eʼlon, kuchli, Barsa, klublari, real, eng, Sport, emas | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя