Главная » 2022 » Ноябрь » 7 » “Twitter dunyodagi eng aniq maʼlumot manbai boʻlishi kerak” – Ilon Mask
11:45

“Twitter dunyodagi eng aniq maʼlumot manbai boʻlishi kerak” – Ilon Mask


Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter platformasi dunyodagi eng aniq maʼlumot manbai boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Tadbirkorning aytishicha, Twitter ijtimoiy tarmogʻining bosh vazifasi mana shundan iborat.

Ilon Mask shuningdek, platformani sotib olganidan keyin undan foydalanuvchilar soni keskin oshganini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Ilon Mask oktyabr oyi oxirlarida Twitterʼni 44 milliard AQSh dollari evaziga xarid qilgandi. U qatʼiy senzura tufayli koʻp marta tanqid qilingan ijtimoiy tarmoq siyosatini liberallashtirish va kontent moderatsiyasi kengashini tuzish, kengash oʻz ishini boshlaguniga qadar tahririyat siyosati va bloklangan akkauntlarni qayta tiklash masalasida keskin qarorlar chiqarmaslikka vaʼda bergan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: twitter, manbai, aniq, boʻlishi, eng, Kerak, mask, dunyodagi, ilon, maʼlumot | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя