Главная » 2022 » Октябрь » 17 » Messi bilan kamdan-kam kuzatiladigan holatlar yuz bermoqda
13:45

Messi bilan kamdan-kam kuzatiladigan holatlar yuz bermoqda


“Marsel”ga qarshi oʻyinning 79-daqiqasida almashtirildi. Bu Leoning bir yil ichidagi eng erta almashtirilishi.

Parijliklar bosh murabbiyi Kristof Galtye 79-daqiqada argentinalik oʻrniga Pablo Sarabiyani maydonga tushirdi.

Bu Messining joriy mavsumdagi eng erta almashtirilishi. Qolaversa, futbolchi deyarli bir yil davomida bu qadar erta almashtirilmagandi.

Argentinalik hujumchi avvalroq, 2021-yilning 29-oktyabr kuni “Lill”ga qarshi oʻyinning tanaffus paytida almashtirilgan edi.

Shuningdek, Messi oʻtgan mavsum boshidan beri Liga 1ʼda darvoza toʻsin va ustunlariga 14 marta zarba berdi. Bu esa odatdagidan koʻp.

PSJ hujumchisi Liga 1 “Marsel”ga qarshi oʻyinda (1:0) jarima zarbasidan darvoza toʻsinini nishonga oldi.

Oʻtgan mavsum boshidan buyon argentinalik futbolchi Fransiya chempionati oʻyinlarida 14 marta darvoza toʻsin yoki ustuniga zarba bergan. Bu esa ligadagi eng koʻp koʻrsatkich.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: messi, kam, kamdan, bermoqda, holatlar, yuz, kuzatiladigan, bilan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя