Главная » 2022 » Август » 11 » Qozog‘iston Turkiya bilan harbiy hamkorlikni boshladi. Bu Rossiyadan yuz o‘girishmi?
16:21

Qozog‘iston Turkiya bilan harbiy hamkorlikni boshladi. Bu Rossiyadan yuz o‘girishmi?


Qozog‘iston hukumati Turkiya bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik qilish protokolini tasdiqladi. Bu haqda qozoq mahalliy nashrlari yozmoqda. 

Qozog‘iston hukumati tomonidan eʼlon qilingan tegishli qarorga muvofiq, 2022 yil 10 mayda Anqarada yakunlangan Qozog‘iston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida harbiy razvedka sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol tasdiqlangan. 

Hujjatga muvofiq, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar: 

•    harbiy razvedka maʼlumotlari bilan o‘zaro almashish va dolzarb masalalar bo‘yicha ekspert baholari;  

•    mintaqada (davlatda) ishtirokchi davlatlarining xavfsizligiga tahdid soladigan harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini monitoring qilish;  

•    tomonlar davlatlarining xavfsizligiga tahdid soluvchi xalqaro terroristik va boshqa tashkilotlar to‘g‘risida o‘zaro maʼlumot almashish.

Tomonlar o‘rtasida kuchga kirgan hujjat Rossiya matbuotida qozog‘istonning Rossiyadan yuz o‘girishi oqibatida yangi ittifoqchilarni axtarishi deya talqin qilinmoqda. Bu haqda “Kasparov.ru” yozgan. 

“To‘qayev aniq kelajakda Kreml bilan qarama-qarshilikda unga harbiy yordam ko‘rsatishga qodir yangi ittifoqchilarni izlash va topishda davom etmoqda”, deyiladi xabarda. 

Rus nashrining qayd etishicha, ushbu protokol Qozog‘istonga NATO davlatidan razvedka maʼlumotlariga kirish imkonini beradigan harbiy razvedka ittifoqiga yo‘l ochadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart  To‘qayev Turkiyaga borgan edi. O‘shanda tor va kengaytirilgan doirada o‘tkazilgan uchrashuvlardan so‘ng, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqara Nur-Sultonga harbiy yordam berish niyatida ekani va To‘qayev bilan shunga kelishib olganini urg‘ulagandi. 

“Biz qozoq birodarlarimiz barqarorligi, tinchligi, xavfsizligi va farovonligi uchun o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Biz siyosiy, harbiy, iqtisodiy, savdo yoki madaniy sohalarda hamjihatligimizni davom ettiramiz va kelajakka yelkama-elka, ishonch bilan qadam tashlaymiz. Biz har qanday sharoitda ham qozog‘istonlik birodarlarimizning yonida bo‘lamiz”, degan edi Erdo‘g‘an.

Davlat rahbarlari boshchiligida o‘tgan delegatsiyalar uchrashuvi yakuni bo‘yicha 14 hujjat imzolandi. Ular orasida Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy razvedka sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnoma ham bor.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: o‘girishmi?, boshladi, Qozog‘iston, hamkorlikni, harbiy, Turkiya, yuz, Rossiyadan, bilan, bu | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz