Главная » 2022 » Август » 24 » “Manchester Siti” futbolchisi umrbodga qamalishi mumkin
11:14

“Manchester Siti” futbolchisi umrbodga qamalishi mumkin


Fransiya terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi futbolchisi Benjamin Mendiga butun umrlik qamoq jazosi tahdid solmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mendi 6 nafar ayolga 9 marta jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblanmoqda. Hozirda fransiyalik futbolchi o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Ushbu ishni o‘rganayotgan prokuror Timoti Kreyning so‘zlariga ishonilsa, Benjamin 2 nafar “qurboni”ga o‘z uyining xonalaridan birida tajovuz qilgan.

Mendi 3 marta zo‘rlagani aytilayotgan qizning dugonasi voqeani juda dahshatli tarzda tasvirlab bergan.

“U arvohni ko‘rganga o‘xshardi. U hushini yo‘qotdi. Menga u bir lahzaga o‘likdek tuyuldi”, degan jabrlanuvchining dugonasi.

Benjamin Mendiga yuqorida qo‘yilgan ayblovlarning barchasi o‘z tasdig‘ini topsa, u qolgan umrini to‘rt devor ichida o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Yaʼni, fransiyalik futbol yulduziga butun umrlik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Agarda Mendi qo‘yilgan ayblovlarning aksariyati o‘z isbotini topmasa, qamoq  muddati 5 yildan 20 yilgacha bo‘ladi.

Maʼlumot uchun, 28 yoshli futbolchi 2017 yilda “Monako”dan 57,5 million yevro evaziga “Manchester Siti” safiga borib qo‘shilgandi. Mendi “Siti” tarkibida Angliya Premer ligasining 50 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: futbolchisi, Manchester, qamalishi, mumkin, umrbodga, Siti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя