Главная » 2022 » Ноябрь » 8 » Germaniya UBS bankining filiallarida Usmonov ishi bo‘yicha tintuv o‘tkazdi
18:45

Germaniya UBS bankining filiallarida Usmonov ishi bo‘yicha tintuv o‘tkazdi


Bugun, 8-noyabr kuni Germaniya Federal jinoiy politsiya boshqarmasi xodimlari Shveytsariyaning yirik UBS bankining Frankfurt va Myunxendagi filiallarida tintuv o‘tkazmoqda. Bu haqda Germaniyaning Spiegel jurnali xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, tintuvlar Frankfurt- na-Mayn bosh prokuraturasi topshirig‘i bilan o‘tkazilmoqda. Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, reyddan koʻzlangan maqsad jinoiy daromadlarni legallashtirish boʻyicha dalillar toʻplashdan iborat. Shu bilan birga, bank xodimlariga nisbatan hech qanday ayblovlar yo‘q.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, rossiyalik tadbirkor jinoiy daromadlarni legallashtirish, “Tashqi savdo va toʻlovlar toʻgʻrisida”gi qonunni buzish, shuningdek, soliq toʻlashdan boʻyin tovlashda gumon qilinmoqda.

Spiegel ma’lumotlariga ko‘ra, tergovchilar 2018-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan davrda ikki million yevrodan ortiq summadagi bank hisoblaridagi shubhali harakatlardan manfaatdor.

Nashrning yozishicha, naqd pul operatsiyalari asosan yirik miqdordagi naqd pul yechib olish, shuningdek, Omnia Services Group Ltd va Tegernsee (IOM) Ltd shirkati o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini o‘z ichiga olgan. Usmonov aktivlarni ko‘chirish va ularning haqiqiy egaligini yashirishga uringanlikda gumon qilinmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: bankining, iSHi, tintuv, UBS, bo‘yicha, Usmonov, filiallarida, Germaniya, o‘tkazdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя