Главная » 2022 » Декабрь » 2 » Alisher Usmonov nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi
12:36

Alisher Usmonov nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi


Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Russian Creative Awards 2022”da “Yil metsenati” mukofotini oldi. Marosimning hakamlar hayʼati tadbirkorning fan, taʼlim, madaniyat va sportni rivojlantirishga, shuningdek, rus tilini targ‘ib qilish va saqlashga qo‘shgan hissasini qayd etgan. Bu haqda “Lenta” nashri xabar berdi.

Mukofot uchun taqdimnomada Alisher Usmonovning 2006 yilda “Sanʼat, fan va sport” xayriya jamg‘armasini tashkil etgani va jamg‘armaning maqsadi ushbu sohalardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi etirof etilgan. Shuningdek, jamg‘arma Rossiya ijodiy sohalarining xorijdagi obro‘sini mustahkamlash hissa qo‘shayotgani taʼkidlangan.

Alisher Usmonovning o‘zi mukofotning topshirilishida ishtirok etmagan. Mukofotni “Sanʼat, fan, sport” jamg‘armasi direktori Fotima Muhammadjon qabul qilib olgan.

Maʼlumot uchun, Russian Creative Awards 10 ta toifa bo‘yicha, jumladan, “Yil odami”, “Yil kashfiyoti”, “Yil voqeasi”, “Yilning ijodiy maydoni”, “Raqamli loyiha”, “O‘quv loyihasi” va boshqa yo‘nalishlarda topshiriladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Alisher, loyiq, Usmonov, ko‘rildi, nufuzli, mukofotga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя