Главная » 2023 » Май » 23 » Erdo‘g‘an nega Rossiyadan ko‘ngil uzolmayotgani sababini tushuntirdi
17:35

Erdo‘g‘an nega Rossiyadan ko‘ngil uzolmayotgani sababini tushuntirdi


Turkiyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an so‘z ochdi. 

Davlat rahbari Turkiya G‘arbning Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha talablarini bajarmoqchi emasligini ta’kidladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqaraning Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishi maqsadga muvofiq emas, chunki Rossiya Turkiyaning eng yirik savdo-iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 

Shu bilan birga, Turkiya AQSH va G‘arb davlatlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy bilan teng munosabatlarni saqlab qolishga intilayotganini ta’kidladi. 

Davlat rahbari Anqara tomonidan Rossiyaning S-400 havo mudofaa tizimlarini sotib olishiga ham to‘xtaldi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Turkiyadan ushbu tizimlarni sotib olishdan bosh tortishni so‘ragan, biroq turk tomoni bu taklifni rad etgan.  

“Biz ularga (AQSH-tahr.) “yo‘q” dedik, chunki siz bizga Patriot havo mudofaa tizimini bermagansiz. Biz bu qadamni mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida tashladik. Agar siz Patriot havo mudofaa tizimini topshirganingizda, biz bu qadamga bormagan bo‘lardik. Lekin qilmadingiz. Shuning uchun biz shu yo‘lni tanladik”, deydi Turkiya rahbari. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya ham turk F-16 samolyotlarini modernizatsiya qilish va beshinchi avlod F-35 qiruvchilarini Anqaraga topshirish masalasida o‘z pozitsiyasini qat’iy va izchil himoya qilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: sababini, Erdo‘g‘an, ko‘ngil, uzolmayotgani, Rossiya, tushuntirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя