Главная » 2023 » Март » 10 » Rossiyalik jurnalist nimadan o‘lgani ma’lum bo‘ldi
17:41

Rossiyalik jurnalist nimadan o‘lgani ma’lum bo‘ldi


Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Toshkentda jasadi topilgan rus jurnalisti Aleksandr Nechayevning o‘limi “surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi”dan kelib chiqqan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

A.Nechayevning tanasi ko‘zdan kechirilganda tan jarohatlari aniqlanmagan. 

Bosh Prokuraturaga ko‘ra, tekshirish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik jurnalist, “Byulleten kinoprokatchika” jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayev Toshkentdagi kvartiralardan birida o‘lik holda topildi. 

Nechayevning do‘sti va hamkasbi Denis Korsakov jurnalist bilan oxirgi marta 4 mart kuni yozishgan. Nechayev Toshkentda bo‘lib, bu yerga bir necha oy yashash uchun kelgan va aprel oyida Moskvaga qaytishni rejalashtirgan.

6 martdan boshlab Nechayev bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmagan. Uning do‘stlari toshkentlik tanishlaridan hammasi joyida yoki yo‘qligini tekshirishni so‘ragan. Ular uy egasi bilan ijaraga olingan kvartiraga kelganida jurnalist o‘lik holda topilgan. Unga nima bo‘lgani hozircha aniq emas. Bu yurak xuruji bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Ma’lumot uchun, Nechayev 1986 yil 12 mayda Saratov viloyatining Marks shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Moskvaga ko‘chib o‘tgan. Kino mavzusiga ixtisoslashgan jurnalist Metropolitan Media agentligi tarkibiga kiruvchi Rossiya kino bozori haqidagi “Byulleten kinoprokatchika” tahririyatini boshqargan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bo‘ldi, ma’lum, o‘lgani, Rossiya, jurnalist, nimadan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя