Главная » 2023 » Март » 13 » Erdo‘g‘an zilzila qurbonlari sonini ma’lum qildi
14:06

Erdo‘g‘an zilzila qurbonlari sonini ma’lum qildi


Fevral oyida Turkiyada ro‘y bergan zilzilalar oqibatida kamida 48 ming kishi halok bo‘ldi. Bu haqda kecha, 12 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an eng ko‘p jabrlangan Hatay viloyatida qilgan chiqishida ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

"Qurbonlar soni 48 ming kishini tashkil etdi, 115 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. 50 ming bino vayron bo‘ldi. Va bunday keng ko‘lamli ofatga bu qadar tez javob bera oladigan boshqa davlat yo‘q", dedi u.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, zilziladan keyingi dastlabki soatlardanoq rasmiylar oqibatlarini bartaraf etish va vayronalarni olib tashlash uchun barcha mavjud kuchlarni safarbar qilgan. Shu bilan birga, qor, sovuq va vayron bo‘lgan yo‘llar sezilarli to‘siq bo‘ldi.

"100 ta davlat bizga gumanitar yordam, minglab qutqaruvchilar yubordi. Men ulardan cheksiz minnatdorman", dedi Prezident.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: zilzila, Erdo‘g‘an, qildi, qurbonlari sonini, ma’lum | Рейтинг: 4.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя