Главная » 2023 » Май » 23 » Jalolov rossiyalik bokschining chaqiruviga javob qaytardi
17:33

Jalolov rossiyalik bokschining chaqiruviga javob qaytardi


Boks bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Bahodir Jalolov rossiyalik bokschi Mark Petrovskiyning chaqiruviga javob berdi. 

Bahodir Jalolovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, Petrovskiyda jang qilish niyati bo‘lganda, u Toshkentda o‘tkazilgan Jahon chempionatiga kelgan bo‘lardi.

“Ha, men u bilan sparring o‘tkazganman. Sparringda nimalar bo‘lganini Petrovskiy juda yaxshi biladi. Buni ortiqcha muhokama qilish shart emas. Agar u men bilan jang qilgisi kelgan bo‘lsa, Toshkentga kelgan bo‘lardi. U nega Toshkentga kelmadi? Balki qachondir Mark bilan to‘qnash kelib qolarmiz”, deydi Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Petrovskiy “Match TV”ga bergan intervyusida qachondir Jalolov bilan jang o‘tkazmoqchi ekanligini aytdi. U Jalolov bilan profringda ham, havaskor boksda ham jang qilmoqchi ekanligini ta’kidladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: javob, Rossiya, Jalolov, chaqiruviga, Boks, qaytardi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя