Главная » 2022 » Ноябрь » 22 » Erdo‘g‘an AQShni kurd jangarilarini qurol-yarog‘ bilan ta’minlaganlikda aybladi
19:56

Erdo‘g‘an AQShni kurd jangarilarini qurol-yarog‘ bilan ta’minlaganlikda aybladi


Qo‘shma Shtatlar so‘nggi yillarda Suriyadagi kurd jangarilariga minglab yuk mashinalarda o‘q-dorilar yetkazib berdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

“Biz Turkiyaning NATO bo‘yicha ittifoqchisi oxirgi yillarda Suriyadagi terroristik hududlarga o‘q-dorilar va qurol-yarog‘ ortilgan minglab yuk mashinalarini yetkazib berganidan qayg‘udamiz”, - deydi Erdog‘an.

Prezident “bu kurs Barak Obama prezidentligida boshlangani, Donald Tramp davrida davom etgani va Jo Bayden davrida ham o‘zgarishsiz qolayotganini” ta’kidladi.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Anqara Suriya masalasi sabab xavotirda ekani haqida Vashingtonni ogohlantirgan.

“Men shaxsan Obama, Tramp va keyin Bayden bilan suhbatlar chog‘ida bu masalani ko‘targanman, agar biz NATO bo‘yicha ittifoqchi va hamkor bo‘lsak, amerikaliklarning Suriyadagi terrorchilarga ko‘rsatayotgan yordami mamlakat janubiy chegaralariga xavf tug‘dirishini tushunishimiz kerakligini aytdim. Agar kerak bo‘lsa, javob qaytarishga majbur bo‘lishimiz haqida ogohlantirdik”, - deydi Erdog‘an.

Uning ta’kidlashicha, Amerika tomoni Anqaraga hech qanday javob qaytara olmayapti.

“Turkiya milliy xavfsizligi talab qilganidek harakat qilishda davom etamiz. Hech qanday yon berishlar yo‘q! Chunki har qanday pozitsiya o‘zgarishi mamlakatimiz uchun muammolarni ergashtiradi”, - deb ishontirdi Erdog‘an.

Ma’lumot uchun, Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilari bilan qurolli to‘qnashuv Turkiyada 1984-yilda boshlangan va 2015-yilda qaytadan jonlangan. Iroq shimolida kurdlarning bazalari joylashgan bo‘lib, Turkiya Qurolli kuchlari ularga qarshi havo va quruqlikdagi operasiyalarni o‘tkazmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ta’minlaganlikda, jangarilarini, kurd, qurol, aybladi, Erdo‘g‘an, bilan, yarog‘, AQShni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2022 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя