Главная » 2023 » Июнь » 9 » Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi vazifalar yuklatilyapti
16:30

Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi vazifalar yuklatilyapti


O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga vakolatli davlat organi sifatida bir qator vazifalar belgilanmoqda. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq, quyidagilar:

muhim axborot infratuzilmasi (keyingi o‘rinlarda — MAI) ob’ektlarida kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik darajasini kuzatib borish, ularni baholash va monitoring qilish tartibini ishlab chiqish;
raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bilan birgalikda kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda rivojlantirish holati ustidan nazorat va monitoring olib borishda ishtirok etish;
o‘ta muhim va toifalangan MAI ob’ektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash yuzasidan nazorat tadbirlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatini xabardor qilish hamda ularning natijalari to‘g‘risida 48 soat ichida yozma axborot kiritish;
joriy yilning 1 oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi MAI ob’ektlarining vaqtinchalik yagona davlat reyestrini shakllantirish hamda MAI ob’ektlarini toifalash tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash kabilar DXX vazifasiga kiradi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Yangi, xavfsizlik, vazifalar, davlat, yuklatilyapti, xizmatiga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя