Главная » 2023 » Март » 15 » Ortiqxo‘jayev Aripovning yonida ish boshlagani rostmi?
11:34

Ortiqxo‘jayev Aripovning yonida ish boshlagani rostmi?


Joriy yilning 16 yanvar kuni lavozimidan ozod etilgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Vazirlar Mahkamasida ish boshlagani, Bosh vazir Abdulla Aripovga maslahatchi bo‘lgani haqida ma’lumotlar QALAMPIR.UZ’ga yetib keldi. Bunga oydinlik kiritish maqsadida Bosh vazirning Matbuot kotibi Bekzod Shukurov bilan bog‘landik. 

“Lavozimga tayinlash qaysidir darajadagi hujjat bilan amalga oshiriladi. Lavozim darajasiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori yoki Vazirlar Mahkamasining qarori, farmoyishi chiqishi kerak. Hozircha bunday hujjat mavjud emas”, deydi Shukurov QALAMPIR.UZ bilan suhbatda. 

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev  Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olganini e’lon qildi. Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev ogohlantirishlarga qaramay qishga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagan. 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: rostmi?, yonida, Ortiqxo‘jayev, boshlagani, Ish, Aripov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя