11:27 O‘zbekistonda aksariyat tijorat banklari dollarni 11 500 so‘mdan sotishni boshladi | |
Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini eʼlon qilgan. Aksariyat banklarda 1 AQSH dollarini sotish kursi 11 500 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 390 so‘mdan 11 445 so‘mgacha. Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan: NBU: sotib olish — 11 400 so‘m, sotish — 11 490 so‘m; “Hamkorbank”: sotib olish — 11 400 so‘m, sotish — 11 500 so‘m; “Davrbank”: sotib olish — 11 390 so‘m, sotish — 11 470 so‘m; “Turonbank”: sotib olish — 11 370 so‘m, sotish — 11 500 so‘m; “Tengebank”: sotib olish — 11 410 so‘m, sotish — 11 480 so‘m; “Kapitalbank”: sotib olish — 11 390 so‘m, sotish — 11 500 so‘m. Ta’kidlash kerakki, ketma-ket ikki kundan beri ushbu valyuta kurslarining barchasi so‘mga nisbatan ko‘tarilmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|