Главная » 2022 » Ноябрь » 16 » Zangiotada yashash xonadonida 17 kg marixuana saqlagan shaxs ushlandi
12:53

Zangiotada yashash xonadonida 17 kg marixuana saqlagan shaxs ushlandi


Toshkent viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat IIBB tomonidan hamkorlikdagi tashkilotlar bilan “Zarbdor” maxsus tezkor-profilaktika oyligi o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, tadbirning o‘tgan davri mobaynida, giyohvandlik yo‘nalishi bo‘yicha jami 135 ta jinoyat fosh etilib, natijada 100 ga yaqin shaxs ushlangan va ulardan 70 kg 551 gr giyohvandlik vositasi olingan.

Yil boshidan esa giyohvandlikka chek qo‘yish borasida 1 186 holat fosh etilib, 1 000 dan ortiq shaxslar javobgarlikka tortildi. Ular va ularning yashash xonadonlaridan jami 310 kg turli xil va ko‘rinishdagi giyohvandlik vositalari aniqlanib, muomalaga kiritilishining oldi olingan.

Xususan, “Zarbdor”oyligi doirasida kecha 14 noyabr kuni Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan “Bahor” bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati 6-ko‘chasida yashovchi fuqaro (1979-y.t. N.B.)ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Tadbirda xonadonga quritish maqsadida saqlanayorgan, vazni 17 kg 250 gr bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.

Hozirda mazkur holat va boshqalari yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yashash, shaxs, Zangiotada, saqlagan, 17, kg, ushlandi, marixuana, xonadonida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя