Главная » 2022 » Ноябрь » 29 » Fuqaroni AQShga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18:07

Fuqaroni AQShga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, bir tanishi undan Amerika Qo‘shma Shtatlariga borishiga yordam berish uchun pul talab qilganini bildirgan. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tovlamachi fuqaroga Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari orqali Meksikaga o‘tib, so‘ngra AQShga olib o‘tishni vaʼda qilgan. U buning uchun jami 30 ming dollar talab qilgan. Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming dollar berilishi kerakligini aytgan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yilning 16 noyabr kuni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Uyishgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro arizachidan 10 ming AQSH dollarini olayotganida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan tegishli tartibdagi hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: shaxs, jo‘natmoqchi, AQShga, fuqaroni, noqonuniy, bo‘lgan, ushlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя