Главная » 2022 » Ноябрь » 4 » Xonadonida 15 kilogramga yaqin giyohvand moddalar saqlagan shaxs ushlandi
10:39

Xonadonida 15 kilogramga yaqin giyohvand moddalar saqlagan shaxs ushlandi


Xonadonida 15 kilogramga yaqin giyohvand moddalar saqlagan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 2-noyabr kuni Bekobod shahar IIB, Jinoyat-qidiruv boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan, “Oʻzbekiston” MFYda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, oʻzini shubhali tutayotgan 29 yoshli A.SH. (Tojikiston Respublikasi fuqarosi) vaqtincha yashab kelayotgan xonadon, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, xonadon yotoqxonasida vazni 14,9 kg boʻlgan “gashish” giyohvandlik vositasi (sotish maqsadida saqlangan) borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: saqlagan, xonadonida, 15, yaqin, ushlandi, kilogramga, giyohvand, moddalar, shaxs | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя