Главная » 2023 » Февраль » 11 » Yurak bilan bog‘liq muammolardan darak beruvchi 7 ta alomat
16:03

Yurak bilan bog‘liq muammolardan darak beruvchi 7 ta alomat


Yurak-qon tomir tizimi bilan bogʻliq muammolar mavjudligini anglatadigan ogohlantirish alomatlari va xavf omillari bor, deb yozadi Lisa nashri.

Irsiyat

Bu birinchi belgi. Ogʻir yurak-qon tomir kasalliklari irsiyatda boʻlsa, unda yoshdan qatʼiy nazar, kardiologga tez-tez murojaat qilish zarur. Bunda nafaqat ota-onalar, balki bobo-buvilar, aka-uka va opa-singillarni ham hisobga olish kerak. Agar ularning birortasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, infarkt, insult, aritmiya boʻlsa (avval boshdan kechirgan boʻlsa ham), bu kardiolog bilan bogʻlanish uchun sababdir. Shifokor xavf darajasini aniqlaydi va oʻz vaqtida choralar koʻrish uchun qanchalik tez-tez tekshiruvdan oʻtish kerakligini aytadi: ham profilaktik, ham terapevtik.

Charchoq, umumiy holsizlik

Har qanday jismoniy faollikdan tez charchab qolsangiz, sekinroq yuring, nafas qisilishi, zinapoyadan koʻtarilishda dam olish zarurati ham diqqat qilish kerak boʻlgan belgilardir. Aksariyat odamlar holsizlik va jismoniy faoliyatga chidamsizligini uyqu yetishmasligi, ogʻir ish, notoʻgʻri turmush tarzi bilan bogʻlaydi. Va kimdir haqida 35-40 yoshda yuqori qon bosimi yoki infarkt boʻlibdi, degan gapni eshitsa, bu kasallik qayerdan paydo boʻldi ekan, deb hayron qolishadi. Aslida, yurak-qon tomir tizimi bilan bogʻliq muammolar yuqoridagi belgilar koʻrinishida namoyon boʻladi. Shunga oʻxshash alomatlar kuzatilsa, hech yoʻq terapevt qabulida boʻling — u sizni mutaxassisga yoʻnaltiradi.

Oʻzgaruvchan qon bosimiSizdagi qon bosimda “sakrab ketuvchi” xususiyat bormi? Bu yurak-qon tomir tizimi bilan bogʻliq muammolarning yana bir belgisidir. Bundan tashqari, bosim ham oshishi, ham kamayishi mumkin. Qolaversa, ikkala qoʻlda bosimni oʻlchash va sezilarli farq bor-yoʻqligini aniqlab koʻrish muhimdir. Yuqori va pastki koʻrsatkichlar oʻrtasidagi katta farq ham ogohlantiruvchidir.

Qon bosim oxirgi soatlarda doimgi qiymatdan (masalan, 110/70 dan 90/60 ga) oʻzgargan boʻlsa, bu ham shifokor bilan bogʻlanish uchun sababdir. Ammo, agar sizda qon bosimi doimo past boʻlsa, unda bu normaning bir variantidir. Nimadir notoʻgʻri ekanini his qilsangiz va bu bosimning pasayishi bilan tasdiqlansa, shifokoringiz bilan maslahatlashing. Yodda tuting: 30 yoshdan oshgan barcha bemorlarning qon bosimini muntazam ravishda oʻlchash kerak.

Qon tahlilida yuqori xolesterin

Bemorlar, ayniqsa, yoshligida muammoni notoʻgʻri ovqatlanish bilan bogʻlab, koʻpincha bunga ahamiyat bermaydilar. Shuningdek, shifokorlarning oʻzlari ham umumiy xolesterinning yuqori darajasini koʻrib, bemorni har doim ham qoʻshimcha tekshiruvga yubormaydi. Yodda tutingki, hech boʻlmaganda lipid profilini batafsil oʻtkazish kerak — LDL, HDL, trigliseridlar miqdorini laboratoriya sharoitida tekshirish zarur. Shu bilan birga, qon tomirlarining devorlariga yopishib qoladigan xolesterin normal qon oqimiga xalaqit beradigan tiqinlarni hosil qiladi. Bu sogʻliq uchun jiddiy xavf tugʻdiradi.

Koʻkrak qafasida ogʻriq

Buning sababini aniqlash uchun yaxshisi mutaxassis bilan bogʻlangan afzal. Yurak ogʻrigʻi boshqa xastaliklardan quyidagi alomatlari bilan ajralib turadi:

Bosuvchi va siquvchi ogʻriq;
Koʻkrak qafasida qaynoq hissiyot;
Ogʻirlik hissi, koʻkrak sohasiga kuchli bosim;
Jismoniy yoki hissiy stress bilan bogʻliqlik mavjudligi;
Ogʻriqning chap qoʻl, chap yelka va pastki jagʻda tarqalishi;
Agar ogʻriq sanchuvchi, kesuvchi xususiyat bilan kuzatilsa, bu yurakdan emas. Yurak ogʻrigʻi uzoq davom etadi degan fikr notoʻgʻri. Vaqt oʻtishi bilan u tezda oʻtib ketadigan holatga aylanib borishi mumkin. Ogʻriq oʻtib ketgach, koʻpchilik bu alomatda xavfni koʻrmaydi. Shuning uchun, har qanday tabiat va takrorlanuvchi koʻkrak qafasidagi ogʻriqlardan keyin imkon qadar tezroq shifokor bilan maslahatlashish muhimdir. Bu nima boʻlishidan qatʼiy nazar, kasallikning asl mohiyatini aniqlashga yordam beradi.

Havo yetishmasligi

Agar nafas olish qiyinlashsa, toʻliq nafas ololmaysiz yoki “havo yetishmasligi” hissi paydo boʻladi. Chuqur nafas olmoqchi boʻlsangiz ham buning imkonini qilolmaysiz. Biroq, har doim ham nafas qisilishi va havo yetishmasligi hissi yurak-qon tomir tizimi bilan bogʻliq muammolarni koʻrsatmaydi. Buning sababi oʻpka patologiyasi, anemiya, qalqonsimon bez kasalliklari boʻlishi mumkin. Aniq tashxislash uchun terapevt yoki kardiolog bilan bogʻlanish zarur.

Ritm buzilishi, yurak yetishmovchiligi

Yurak urishlarini oʻtkazib yuborsangiz, pauza qilsangiz, u juda tez yoki juda sekin urayotganini his qilsangiz, shifokorga murojaat qiling. Bularning barchasi yurak-qon tomir kasalliklarining belgisi boʻlishi mumkin, shuningdek, qalqonsimon bezning patologiyasi, oshqozon-ichak trakti kasalliklari yoki anemiya alomati boʻlishi ehtimoldan holi emas.

Mutaxassisgina tegishli tekshiruvni tayinlaydi, sababini topishga yordam beradi va oʻz vaqtida davolashni boshlaydi. Oʻzingizga tashxis qoʻyishga urinmang, bu vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi. Tajribali shifokor muammoni hal qilish, sogʻligʻingiz va hayotingizni saqlab qolish imkoniyatiga ega boʻladi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: ta alomat, darak, Yurak, bilan, bog‘liq, muammolardan, beruvchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя