Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » Yildan-yilga qo‘shni davlatlarda aholi soni ko‘payib bormoqda – Japarov
16:10

Yildan-yilga qo‘shni davlatlarda aholi soni ko‘payib bormoqda – Japarov


O‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha muammo hozir hal qilinmasa, keyin bunday muvaffaqiyatli shartnoma tuzish qiyin bo‘ladi, dedi Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov parlament majlisida.

Ayni vaqtda Qirg‘iziston parlamentida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni ma’qullash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Japarov ushbu kunni tarixiy imkoniyat deb atamoqda.

“Biz berayotganimiz yo‘q, balki ilgari bergan yerlarimizni qaytarib olmoqdamiz. Kelishuvlar mohiyati tarix tomonidan baholanadi, gap milliy xavfsizlik haqida ketmoqda. Ba’zi deputatlar Japarov o‘ziga bosh og‘rig‘i yaratmasdan ko‘rib chiqishni keyinga qoldirishi mumkinmi, deb so‘rashdi... Bunday bo‘lmaydi. Muammoni hozir hal qilmasak, keyin bunday muvaffaqiyatli shartnoma tuzish qiyin bo‘ladi. Ehtimol, imkoniyat ham bo‘lmas. Yildan-yilga qo‘shni davlatlarda aholi soni ko‘payib bormoqda. Agar masalani hal qilishni keyinga sursak, nafaqat 19 ming gektar, balki bir sotixga qon to‘kiladi. Chegaradagi mojarolar tufayli 30 yil ichida qancha tinch aholi va chegarachilar halok bo‘lganini o‘zingiz ham bilasiz”,– deydi prezident.

Qirg‘iziston prezidenti o‘z so‘zida qo‘shni O‘zbekiston taraqqiyotda 30-40 yil oldinga o‘tganini aytib o‘tdi.

“Baqiruvchilar suv ombori ostidan emas, boshqa yerlarni berishimiz kerak, deyishadi, lekin o‘zbek do‘stlarimizning aqli yaxshi ishlaydi, ular bizdan 30-40 yilga o‘zib ketishdi. Hozircha qo‘limizdan kelganicha qichqirishni eplayapmiz. Men vertolyot va samolyotlar haqida gapirmayapman, lekin 30 yil ichida gugurt zavodi ham qurmaganmiz. (O‘zbeklarga) Boshqa yerlarni almashishni taklif qilsak, ular darhol rozi bo‘lishadi, chunki ular suv ombori qurib ketmasligini, shu vaqt davomida boshqa unumdor yerlardan foydalanishlarini, hosil olishlarini yaxshi bilishadi”, deydi Japarov.”, - deydi Sadir Japarov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etib, ilk bor "Kampirobod" suv ombori qanday qilib O‘zbekistonga o‘tayotganiga aniqlik kiritgan edi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: aholi, Soni, yildan, qo‘shni, davlatlarda, Japarov, bormoqda, yilga, ko‘payib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя