12:44 “Barsa”ning 1 milliard yevrolik futbolchilari soni yana bittaga ortadi | |
“Barselona” Aleks Balde uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda. Fabrisio Romanoning aytishicha, 19-yoshli himoyachining yangi shartnomasi 5 yilga moʻljallangan boʻladi. Taxminlarga koʻra, ispaniyalik futbolchining tovon puli 1 milliard yevroni tashkil qiladi — Pedri, Gavi va Ferran Torresning kelishuvlarida ham shunday summa koʻrsatilgan. Baldening klub bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|