Главная » 2022 » Декабрь » 15 » Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on qancha maosh olishi ma’lum qilindi
16:00

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on qancha maosh olishi ma’lum qilindi


Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtay 2023-yilgi budjet bo‘yicha yig‘ilishda deputatlarning savollariga javoban mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning oylik maoshini oshkor qildi.“2022-yilning ikkinchi yarmi va 2023-yil uchun ajratilgan mablag‘da o‘sish kuzatilmadi. 2022-yilgi budjetda prezidentimizning sof maoshi bor-yo‘g‘i 66 445 turk lirasini (3 565 dollar) tashkil etadi”, — dedi Fuat O‘qtay.

Turkiyada 2023-yilning iyun oyida prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 2003-yildan buyon hokimiyat tepasida turgan Erdo‘g‘on 10-dekabr kungi nutqida prezidentlik saylovlarida so‘nggi bor ishtirok etishi, so‘ng hokimiyat jilovini “yoshlar”ga topshirishiga shama qildi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: olishi, ma’lum, qilindi, Prezidenti, qancha, maosh, Turkiya, Erdo‘g‘on | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя