Главная » 2022 » Декабрь » 29 » Bayram kunlari Toshkentda avtobuslar qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi
18:37

Bayram kunlari Toshkentda avtobuslar qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi


“Toshshahartransxizmat” axborot xizmati Yangi yil bayramini nishonlash kunlari poytaxtda jamoat transporti qay tartibda ishlashini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, transport harakati quyidagicha tashkil etiladi:

  • 2-yanvar, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
  • 3-yanvar, seshanba — 7-yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 7-yanvar, shanba — 3-yanvar (seshanba) kuniga ko‘chirilgan ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
31-dekabr kuni Yangi yil bayrami nishonlanishi munosabati bilan, aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahrining markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yo‘nalishlarining harakati soat 24:00 gacha uzluksiz ravishda tashkil etiladi.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ishlashi, bayram, avtobuslar, tartibda, qilindi, toshkent, ma’lum, qay, kunlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя