Главная » 2023 » Март » 3 » Blinken Mirziyoyevdan nima so‘ragani ma’lum qilindi
16:37

Blinken Mirziyoyevdan nima so‘ragani ma’lum qilindi


AQSH rasmiy Toshkentdan o‘tgan yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha tergov ishlarida xolis va shaffof bo‘lishni so‘ramoqda. Bu haqda 28 fevral – 1 mart kunlari O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifni amalga oshirgan Blinken Toshkentda jurnalistlar bilan o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. 

Blinken ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashar ekan, unda tashrifi maqsadi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan suhbati mavzularini ochiqladi. Ular orasida Qoraqalpog‘iston voqealari ham bor. 

“2022 yilning iyul oyida Nukusda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar chog‘ida kuch ishlatar idoralar xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar O‘zbekiston tomonidan to‘liq va shaffof tergov qilinishi tarafdorimiz”, degan Blinken.

Shuningdek, u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan din erkinligi hamda inson huquqlari sohasida islohotlarni to‘liq amalga oshirishni ham muhokama qilingan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning 28 noyabr kuni 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan Buxoro viloyat sudida sud jarayoni boshlangandi. 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida 22 kishiga hukm o‘qildi. 6 fevral kuni ushbu voqealarga aloqador yana 39 kishiga qo‘yilgan ayblovlarni ko‘rib chiqish uchun sud majlisi o‘z ishini boshladi. 

Qolaversa, Nukus voqealari bo‘yicha 3 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Mirziyoyev, ma’lum, qilindi, so‘ragani, Blinken, nima | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя