Главная » 2017 » Сентябрь » 4 » Xorazm viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:50

Xorazm viloyatiga yangi hokim tayinlandi


Ilgizar Matyoqubovich Sobirov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytida xabarberildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4 sentyabrdagi farmoniga muvofiq Ilgizar Sobirov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2003-2005 yillarda Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2006-2009 yillarda Oliy Majlis Senati raisi, 2009 yildan Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashining deputati sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, 2012 yil 24 yanvardan Xorazm viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 4 sentyabrdagi farmoniga binoan Ichki ishlar vaziri etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Zohirshoh Jo‘raev

 


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: viloyatiga, hokim, xorazm, Yangi, tayinlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя