Главная » 2022 » Ноябрь » 27 » Sirdaryo viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi
20:29

Sirdaryo viloyatiga hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi


Davlat rahbarining tegishli farmoni bilan Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich zimmasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh vazir Abdulla Aripov hamda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov ishtirokida Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda mazkur farmon matni o‘qib eshittirilgan va yangi hokim jamoaga tanishtirilgan.

Ma’lumot uchun, bunga qadar Akmaljon Maxmudaliyev Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev joriy yilning 24 noyabr kuni Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sirdaryo, hokim, tayinlandi, viloyatiga, bajaruvchi, vazifasini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя