Главная » 2022 » Ноябрь » 7 » Toshkentda o‘quvchi o‘z o‘qituvchisini akalariga aytib kaltaklatdi
18:25

Toshkentda o‘quvchi o‘z o‘qituvchisini akalariga aytib kaltaklatdi


Toshkent shahri Mirobod tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchining akalari tomonidan kaltaklandi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, holat 3-noyabr kuni 09:15 lar (tanaffus vaqti)da maktab binosining 2-qavatida sodir bo‘lgan.

Informatika fani o‘qituvchisi S.Axmedov 9-sinf o‘quvchisi M.T.ga 1-chorakda ushbu fandan yaxshi o‘zlashtirmagani sababli chorak baho qo‘ymasligini aytgan. Shundan so‘ng, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

M.T. esa bu haqda akasi T.M.ga aytgan. Natijada shu maktabni 2021-yil tamomlagan 18 yoshli T.M. vaziyatga oydinlik kiritish uchun o‘zining tengdosh o‘rtog‘i B.Gʻ. bilan maktabga kelgan. Keyin, ular informatika o‘qituvchisi bilan gap talashib qolgan va o‘qituvchiga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

Holatdan xabar topgan maktab direktori S.I. ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga xabar bergan. 

Mazkur holat bo‘yicha Mirobod tumani IIOFMB da surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘quvchi, Toshkentda, kaltaklatdi, o‘qituvchisini, akalariga, o‘z, aytib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя